17:14 / 05.11.2019
16 797

Diyora Usmonova nega Botir Rahimovni tanlagani haqidagi savolga javob berdi (foto)

Diyora Usmonova nega Botir Rahimovni tanlagani haqidagi savolga javob berdi (foto)
Diyora Usmonova bugungi turmush o‘rtog‘i Botir Rahimov va oilaviy hayoti haqida o‘zining instagramdagi sahifasida yozib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, Diyora Usmonova – O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani.

Diyora Usmonova:
— Biz ko‘p narsani boshimizdan o‘tkazdik. Masalan, men barcha prinsiplarim, qo‘rquv, e’tiqod va qoidalarimni bosib o‘tdim. O‘zim qoralagan ko‘p ishlarni qildim, albatta, men bizni qabul qila olmayotganlarni tushunaman. Boshqachasiga mumkin bo‘lmagani uchun shunday qildim. Bir-birimizsiz yashashga kuch topa olmadik. Keyin esa bu taqdir ekanini tushundik va yurak amriga bo‘ysunib, taqdirimizni qabul qildik.


Ma’lumot o‘rnida:
Botir Rahimov va Diyora Usmonova 2017 yilning 23 iyul kuni o‘g‘il farzandning ota-onasi bo‘lishgan. Oilaning erkatoy o‘g‘liga Botir Rahimovning otasining ismi – Ikromjon deb qo‘yishgan.

Uch yil avval Diyora to‘ng‘ich farzandi Maryamga atab “Bibiona Couture” bolalar liboslari brendiga asos solgan edi. Ayni vaqtda u moda sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Bolalar liboslarining eskizlarini o‘zi va onasi chizadi.

Botir Rahimov esa faoliyatini ham O‘zbekiston, ham Turkiyada davom ettirmoqda. Bu orada bir vaqtlar unga tegishli bo‘lgan “O‘zbekiston” mehmonxonasi va “KapitalBank" banki sotuvga qo‘yildi. Rahimov ko‘p yillar Toshkentning “Paxtakor” futbol klubiga homiylik ham qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diyora Usmonova nega Botir Rahimovni tanlagani haqidagi savolga javob berdi (foto)