15:43 / 10.11.2019
9 905

Yirtiq shimlar qanday paydo bo'lgan?

Yirtiq shimlar qanday paydo bo'lgan?
Ko‘cha-ko‘yda yirtiq shim kiyib yurgan insonlarni ko‘rganimizda sirayam hayratlanmaymiz, chunki bunday fasondagi kiyimlarni kiyish bugungi kunda yangilik emas. Yirtiq shimlarni kiyish odati qanday paydo bo‘lgan?
Aytishlariga qaraganda, 70 yillarga qadar yirtilgan jinsi shimlar kiyish asosan kambag‘allar bilan bog‘liq bo‘lgan. Tabiiyki, oilaning moddiy ahvoli yaxshi bo‘lmasa, yangi shim sotib olishga ham qodir bo‘lmaydi. Eskilarini yamab yoki tikib kiyishga majbur bo‘ladi.

Lekin bugungi kunda kiyilayotgan yirtiq jinsi shimlar iste’molchilarning o‘z tanlovi yoki xohishi bo‘yicha xarid qilinyapti. Bunday yirtiq jinsilarni kiyish 1980 yillar boshlarida urfga kirgan va keyinchalik yana 2010 yillarda qaytadan bozori chaqqon mahsulotga aylangan. Moda olamida yirtiq shimlar siqilgan yoki ezilgan inson imijini berarkan.

Yana boshqa bir ma’lumotlarga qaraganda, dastlab yirtiq shimlar ishlab chiqarish orqali shimlarni kiyishda qulaylik yaratish ham maqsad qilingan. Sababi, jinsi shimlarni kiyganingizda uning tizzasi chiqib qolish holatlari yuzaga kelgan va bu mahsulot sifatini tushirgan. Ayni shu sabab tufayli ham uning tizzasiga kesik yoki yirtiq tushirilgan. Ammo hozirda bu xildagi kiyimlar brend darajasiga chiqqan!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yirtiq shimlar qanday paydo bo'lgan?