00:30 / 13.11.2019
7 779

Qanday so‘zlarni ayollar sevgan insonidan eshitishni xohlaydi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Qanday so‘zlarni ayollar sevgan insonidan eshitishni xohlaydi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
O‘zaro munosabatlar haqida gap ketganda, "til" katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, noto‘g‘ri qo‘llangan ibora sevgilingizni xafa qilib qo‘yishi yoki bo‘lmasa, haddan tashqari ortiqcha maqtovlardan iborat bo‘lgan gap uning sizga bo‘lgan qalb eshiklarini qulflab qo‘yishi mumkin. To‘g‘ri ikki ayol hech qachon bir xil bo‘lmaydi. Ya’ni, birinchisiga yoqqan narsa ikkinchisiga yoqmasligi mumkin yoki aksincha.

Ammo hozirda e’tiboringizga havola etmoqchi bo‘lgan so‘zlarimizni har bir ayol o‘z sevgan insonidan eshitishni chin dildan xohlaydi. Xalq orasida mashhur bir gap bor: "Ayollar qulog‘i bilan sevsa, erkaklar oshqozoni bilan sevadi". Ha, bu haqiqat!

Keling endi ayollarga xush yoquvchi so‘zlarga e’tibor qaratsak.

1. Sen haqsan

Ba’zida erkaklar ayollarga yon berib, uning haqligini aytib o‘tsa, hech narsani qo‘ldan boy berishmaydi. Bu esa o‘z navbatida ikki inson o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etadi.

2. Sen haqiqatdan ham maftunkorsan

Oddiygina, ammo samarali. "Ayollar go‘zal ekanliklarini eshitishni chin dildan xohlashadi" deydi New York shahridagi oilaviy terapevt Melissa Divaris Tompson.
U shunday deydi: "Bu balki siz uchun sayoz tushuncha bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo bu so‘z chuqur ma’noga ega. "Sen maftunkorsan" degan gapni eshitish odatda ayollarni o‘zlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga yordam beradi".

3. Biz birgamiz

Ko‘pincha ayollar har qanday vaziyatda sevgan insoni yonida bo‘lishini istaydi. Boshiga tushadigan qiyinchiliklarni birgalikda bartaraf etishni xohlaydi. Shunday paytlarda ayollar sevgan insonining oldida o‘zlarini xavfsiz his qilishadi.

4. "Agar nimadir aytging kelsa, doimo eshitishga tayyorman"

Insonning qandaydir dardi bo‘lsa, hammaga ham aytishni xohlamaydi. Faqatgina ishongan insoniga ayta oladi. Shu payt u juda ham sevgan insonining tasalli berishiga muhtoj bo‘lib qoladi.

5."Seni tushunmayman. Ammo tushunishga harakat qilaman"

Haqiqatgo‘y bo‘ling! Soxtalikdan yiroqlashing! Har doim ham ayol kishi nimani istashini tushunmaysiz, ammo tushunishga harakat qilishingizning o‘zi yetib ortadi.

6. "Sening eng yaxshi xislatlaringdan biri bu..."

Har kim sevishni, sevilishni xohlaydi. Sevgan insoningizdan o‘zingiz haqingizdagi yoqimli so‘zni eshtish qanchalik zavq berishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

7. Men seni sevaman

Oson, to‘g‘rimi? Lekin ko‘pchilik erkaklar bu so‘zni chin dildan chiqarib aytmaydi. Ammo, ayollar har kuni eshitishni xohlagan sehrli so‘z ham aynan-shu.
Buni unutmang qaddi va qadri baland erkaklar!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday so‘zlarni ayollar sevgan insonidan eshitishni xohlaydi? Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?