07:30 / 21.11.2019
5 604

Esnashning foydali tomonlari

Esnashning foydali tomonlari
1. Esnash - o‘zgarish vaqti kelganiga ishora.
Doimiy ravishdagi esnash - bu uyqumiz kelganda, charchaganimizda va atrofdagilardan uzilib qolganimizda sodir bo‘ladigan jarayon. Asosan uyqumiz kelganda va uyqudan turganimizda esnaymiz. Sportchilr esa ko‘pincha musobaqalar oldidan esnaydilar. Boshqacha qilib aytganda, tanamiz o‘zgarish vaqtini biladi va tanada qon aylanishi yaxshilanishni boshlaydi, shuning uchun ham biz esnaymiz.


2. Esnash - bu yuqumli jarayondir.
Agar biz kimnidir esnayotganini ko‘rsak yoki ko‘zimiz tushib ketsa ham bu jarayon bizga ham yuqadi va biz ham esnashni boshlaymiz. Bu holat hattoki telefonda gaplashyotganda ham televizor ko‘ryotganda ham kuzatilishi mumkin.

3. Esnash miyaning sovushiga olib keladi.
Biz esnaganimizda miya birmuncha sovuydi, chunki tanamizdagi qon aylanishi miyaning qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Biz esnaganda ma’lum miqdorda sovuq havo ichimizga nafas bilan kiradi va miyaning sovushiga olib keladi, bu esa qon aylanishini yanada yaxshilanishiga yordam beradi.


4. Esnash aloqaning bir shakli hisoblanadi.
Qadim zamonlarda esnash aloqa shaklining bir shakli hisoblangan va insonlar o‘zlaridagi holatlarni boshqalarga yetkazish yoki bildirish uchun esnaganlar. Masalan, insonlar och qolishganda yoki tushkun holatlarida esnaganlar. Hozirgi kunda ham esnash ma’lum bir holatlarda ishlatiladi. Misol uchun, ma’lum bir guruh doirasidagi insonlar uchun "shuncha vaqt oshiqcha ishlaganimiz uchun bizga baribir qo‘shimcha haq to‘lashmaydi" ma’nosida esnashdan foydalanganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Esnashning foydali tomonlari