00:10 / 22.11.2019
8 587

Qanday qilib yomon odatlardan xalos bo'lish mumkin?

Qanday qilib yomon odatlardan xalos bo'lish mumkin?
Ko‘pchilik buni tan olgisi kelmaydi, lekin shunisi haqiqatki, hech bir inson mukammal emas. Shunday ekan,insonlar ba’zida yomon narsalarni o‘zlariga odat qilib olishadi. Bu yerda biz yomon odatlardan qanday qilib voz kechish usullarini ko‘rib chiqamiz:

1. Avvalambor, o‘zgartirmoqchi bo‘lgan odatingizni aniqlashtirib oling.
O‘zingizdagi yomon odatlarni bilishingizning o‘zi yetarli emas, shunday ekan, siz o‘zgartirishni xohlamoqchi bo‘lgan xatti-harakatlaringizni aniqlab oling. Boshqacha qilib aytganda, nima ustida ishlash kerakligini aniq biling.

2. Qilgan xatolaringiz uchun o‘zingizni jazolang.
Har bir qilgan xato uchun o‘zingizni jazolang yoki o‘zingizga jarima soling. Bu esa sizni yomon odatlardan saqlab qolishga yordam beradi.

3. Yomon odatlarni qilishga nima motivatsiya bo‘layotganini anglab yeting.
Qanday qaror qabul qilishimizni tushunib yetish bu barcha yomon illatlarga qarshi kurashishning asosiy kalitidir.

4. Asta-sekinlik bilan kichik o‘zgarishlar qiling.
Yomon odatlardan xalos bo‘lish, shubhasiz qiyin jarayondir. Shuning uchun ham sabr bilan doim harakat qilish kerak, hecham to‘xtab qolmaslik kerak.

5. O‘zingizga taalluqli atmosferani o‘zgartiring.
Agar siz har doim bir xil xatti-harakatlarni bir xil joyda qilsangiz bu ularga nisbatan ruhlantirish bo‘lishi mumkin. Bu xatti-harakatlar tarkibiga yomon odatlar ham kiradi, shunday ekan atrofdagi atmosferani o‘zgartirib turish bu kabi odatlardan oson xalos bo‘lishga yordam beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday qilib yomon odatlardan xalos bo'lish mumkin?