11:30 / 28.11.2019
3 799

Mutaxassislar umrni uzaytirishning samarali usulini aniqlashdi

Mutaxassislar umrni uzaytirishning samarali usulini aniqlashdi
Muntazam ravishda och qolish yurak yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi va umrning uzayishiga yordam beradi. Amerika yurak assotsiatsiyasi olimlar shunday xulosaga kelishdi, deya yozadi MedicalXpress.

Tadqiqot davomida ikki mingga yaqin kishi yurak kateterizatsiyasidan (yurak ichiga ingichka naycha yuborish) o‘tgan. Ulardan 389 tasi muntazam ravishda och qolgan. Tadqiqot to‘rt yil davom etgan.

Aniqlanishicha, och qolganlar orasida o‘lim holati tadqiqotning boshqa ishtirokchilariga qaraganda 45 foizga kam bo‘lgan.
Qolaversa, mutaxassislar tadqiqot ishtirokchilarining ma’lumotlarini tahlil qilib, och qolganlar 71 foizga kam hollarda yurak xurujini boshdan kechirishganini aniqlashgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mutaxassislar umrni uzaytirishning samarali usulini aniqlashdi