Nima uchun yostiqqa yuztuban yotib uxlash mumkin emas?

  • 04 dekabr 2019, 15:04
  • 2 327
  • Hayot tarzi
  • Nima uchun yostiqqa yuztuban yotib uxlash mumkin emas?
    Foto: “Goodsi.ru”
    Hamma odamlar har xil uxlaydi. Bu ularning oʻrganib qolgan odatlari bilan bogʻliq. Kimdir bolalikdan ikkala qoʻlini boshining orqasiga qoʻyib yotishga odatlangan boʻlsa, yana kimdir shunchaki karavotga uzala tushib, uxlab qoladi.

    “Rambler” yostiqqa yuztuban yotib uxlash odati va uning qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.

    Gap shundaki, uyqu vaqtida boshning notoʻgʻri holati yuzimizga taʼsir koʻrsatadi. Yuzga yostiqning zich tegib turishi shish va xaltachalarga sabab boʻladi. Yostiqqa yuztuban yotib uxlaganda teri burishib qoladi va ajin paydo boʻlishiga olib keladi.

    Mutaxassislar belda yotib uxlashni maslahat berishadi. Ertaroq uxlab qolish uchun esa oʻrtacha qattiqlikdagi yostiqni tanlash tavsiya etiladi. Bu yuz sohasida toʻgʻri qon aylanishi va limfa oqimini taʼminlaydi.

    » » Nima uchun yostiqqa yuztuban yotib uxlash mumkin emas?