18:10 / 06.12.2019
5 393

Och qoringa yeyish mutlaqo taqiqlanadigan 7 mahsulot

Och qoringa yeyish mutlaqo taqiqlanadigan 7 mahsulot
Oshqozon tirnab turganda tanovul qilish man etilgan mahsulotlar ro‘yxatini Sizga havola qilamiz:

1. Xamirturush
U oshqozon gazi ishlab chiqarilishiga hissa qo‘shadi, oshqozon shishib ketadi, bilamizki, bu juda yoqimsiz jarayon. Shuning uchun, har qanday xamirturushli pishiriqlarni och qoringa yeyishdan saqlanish kerak.

2. Yogurt
Yogurtdan tanovulidan asosiy maqsad nima? Undagi foydali bakteriyalar ovqat hazm qilishga yordam beradi. Agar ushbu zarur bo‘lgan mitti ko‘makchilar ovqatlanishdan oldin tanaga kirsa, ular shunchaki agressiv me’da shirasi bilan so‘rilib ketadi va bundan naf bo‘lmaydi. Ya’ni, och qoringa yogurt yeyish xavfli emas, shunchaki befoyda. Uni faqatgina ovqatdan keyin iste’mol qilish kerak.

3. Kofe
Kofein oshqozon shilliq qavatiga kirganda, uni qitiqlay boshlaydi. Bunga javoban u me’da shirasini ishlab chiqaradi va agar u boshqa oziq-ovqat bilan ta’minlanmasa, g‘azablanadi, o‘zini tajovuzkor tutadi va shilliq qavatni kemira boshlaydi, shuning uchun bir muncha vaqt o‘tgach gastrit rivojlanishini boshdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, kofein o‘t pufagini ham tirnaydi.

Shuningdek, qahvaning ta’sirini sut bilan yumshatish mumkinligiga ishonganlarni xafa qiladigan yangiligimiz bor. Gap shundaki, qahva va choy tarkibidagi biriktiruvchi moddalar sut oqsillarini birlashtiradi va buyrak toshlari bilan qo‘shilib ketuvchi deyarli erimaydigan birikmalar hosil qiladi.

4. Shakar
Va shirinliklar yoki shirin mevalar kabi barcha mahsulotlar, masalan banan. Shakar organizm tomonidan zudlik bilan so‘riladi va oshqozon osti bezini tirnaydi. Bunga javoban u insulin ishlab chiqarishni boshlaydi. Qonda shakar miqdori darhol pasayadi, shuning uchun biz sergak va kuchli bo‘lish o‘rniga beparvolik va charchoqni boshdan kechiramiz.

5. Sitrus mevalar
Ular juda ko‘p kislotaga ega, bu oshqozon shilliq qavatini yemiradi. Agar sizda oshqozon bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, nordon ta’mli meva iste’mol qilganingizdan so‘ng ko‘ngil aynishi holati yuzaga kelmasa, unda maslahatlarimizga beparvo bo‘lishingiz mumkin. Ammo oshqozon kislotasi yuqoriligi bilan kechuvchi gastrit, oshqozon yarasi va oshqozon-ichak traktining boshqa muammolaridan aziyat chekuvchi insonlar sitrus va ulardan tayyorlanuvchi yangi siqilgan sharbatlardan voz kechishlari yaxshiroqdir. Hech bo‘lmaganda to‘q qoringa tanovul qilish kerak.

6. Nok
Ota-bobolarimiz shunday deyishgan: «Nok organizm uchun ertalab zahar, kechqurun esa guldir». Xuddi qovunga nisbatan aytilgan iboraning teskarisi. Gap shundaki, nokda ovqat hazm qilish tizimining nozik shilliq pardalariga shikast yetkazadigan juda qo‘pol to‘qimalar mavjud. Juda zich tuzilishga ega nok ayniqsa xavflidir.

7. Xurmo
Xurmo tarkibida oshqozon va ichaklarning harakatlanishini sekinlashtiradigan hazm bo‘lmaydigan tolalar ko‘p, «oshqozon qotib qoldi» iborasi ham aynan shu tolalar tanada to‘planishiga aytiladi. Taxir ta’mli xurmolarda ularning miqdori yanada oshadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Och qoringa yeyish mutlaqo taqiqlanadigan 7 mahsulot