Kapalaklar haqida qiziqarli maʼlumotlar

  • 13 dekabr 2019, 07:01
  • 1 075
  • Hayot tarzi
  • Kapalaklar juda nozik qanotlarga ega hayvondir
    Kapalaklar haqida qiziqarli maʼlumotlar
    Ularning qanotlari shunchalik nozik va shaffofki, hatto ular orqali narigi tomonni ko‘rish mumkin. Lekin bu qanotlar bir necha qatlamlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning tur xil joylashishi qanotlarga turli xil naqshli bo‘lishiga asos bo‘ladi.

    Kapalaklarning ta’mni oyoqlari orqali sezadi

    Kapalaklarning ta’m bilish retseptorlari ularning orqa oyoqlarida joylashgan bo‘ladi. Ularga mos keladigan oziq-ovqat topishlari uchun ularning bu tana a’zosi ular uchun juda muhim hisoblanadi.

    Kapalaklar asosan loyli ko‘lmaklardan suv ichishni afzal ko‘rishadi

    Kapalaklar faqatgina shiraxo‘r jonzot emas, balki ular bir qancha minerallarga ham muhtojdir. Shuning uchun ham kapalaklar loyli joylardan suv ichish orqali o‘zlariga kerakli bo‘lgan moddalarni oladi. Deyarli hamma erkak kapalaklar loyli ko‘lmaklarga boradi, chunki bu ularning nasl qoldirishlari uchun ahamiyatlidir.

    Kapalaklar sovuq havoda ucha olishmaydi

    Agarda havo sovuq bo‘lsa ularning harakati ancha susayadi. Chunki ular sovuqqon jonzot bo‘lgani uchun tana haroratini boshqara olishmaydi. Havo sovuq paytda ular quyoshda toblanib isinishadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Kapalaklar haqida qiziqarli maʼlumotlar