Ayolning qaysi jihati erkakni rom eta oladi?

  • 16 dekabr 2019, 00:10
  • 3 606
  • Hayot tarzi
  • Ayolning qaysi jihati erkakni rom eta oladi?
    Bu savolga hulq-atvor psixologiyasi mutaxassilari oson javob topdilar.

    Turmushda shunday davrlar bo‘ladiki, er-xotinning bir-biriga bo‘lgan ehtiyoji (ham ruhiy, ham jismoniy) susaygandek tuyuladi. Bu davrlar odatda oilada biron stress vaziyat bo‘lganida yuz beradi. Uyda chaqaloq paydo bo‘lishi, uyqusizlik, uydan-uyga ko‘chish, ish almashtirish, boshqa katta muammolar va hokazolar.

    Ba’zi suyuqroq erkaklar shunday vaziyatlarda yengilgina bir ayolni topadilarda, u bilan o‘z muammolaridan "dam oladi". Muammo bu bilan hal bo‘lmaydi, lekin u ayol har holda erkakka kuch baxshida etib turgandek bo‘ladi. Shu ayolni o‘rnini nega o‘zining xotini bosa omlaydi?

    Nega muammo yuz berganida, ayoli homilador bo‘lib yaqinlikdan bosh tortganida yoki yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan qiynalib turganida ba’zi erkaklar ayoliga qo‘shimcha kuchini va e’tiborini bermay, boshqa ayolga yuzlanadilar?

    Ular u yerdan nima izlaydilar?
    U ayol go‘zal bo‘lishi muhimmi? Yo‘q. Tili shirin? Balki, lekin bu asosiy sabab emas. Jinsiy munosabatlarni qoyillatganimi? Odatda bu jinsiy zaif erkaklar uchun faqat muhim. Kuchli erkak o‘zi jinsiy munosabatni qoyillatib ayolni moslashtirib qo‘ya oladi. Shirin ovqat? Uydagi ayoli ming karra pazandaroq bo‘lishi mumkin. U holda nima?

    Nima hech bir erkakni befarq qoldira olmaydi?
    Bu borada 21-asr xulq-atvor psixologiyasi mutaxassislari shunday xulosaga keldilar:
    Xursand bo‘layotgan ayol hech bir erkakni befarq qoldira olmas ekan.

    Endi tasavvur qilib ko‘ring yaqinda tuqqan, qaynonasini xizmatidan dam olmaydigan, emizikli, qo‘lidan bolasi tushmaydigan ayol erini XURSAND bo‘lib kuta olishi osonmi? Tunda erining har bir harakatiga ko‘zi yumilib uxlab qolishni o‘rniga XURSAND bo‘la oladimi? Eri olib kelgan 2 dona yopgan nonni ko‘rib XURSANDchilik izhor etishga ehtiyoji bo‘ladimi? U eriga har doim tabiiy ravishda xursandchiligini ko‘rsata oladimi?

    Albatta yo‘q. Buning uchun ayol temir bo‘lishi kerak. Hech bir issiq jon, erta-yu kech 24 soat normal tarzda xursand bo‘lib yura olmaydi. Erkak esa buni tushunmaydi. Chunki unga tabiatan ayolning xursandchiligi kerak. U buni izlaydi.

    Ota-bobolarimiz, momolarimiz ham har bir kelinga aytgan nasihatida albatta "Eringni kulib kutib ol" degan naqllari bo‘ladi. Bu bejiz emas.

    Erkak ayolning xursandchiligini ko‘rishga muhtoj. O‘z ayoli bu xursandchilikni namoyon qila olmasa, boshqa yerdan izlaydi. Bu degani hamma boshqa ayolga ketadi degani emas. Shart ham emas. Erkak xursandchilikni televizorga termulib o‘tirishida topadi. Yoki shunchaki oiladagi yaqinlik asta sovushni boshlaydi. Erkakning ayolida oldindagi kabi ehtiyoji bo‘lmaydi. Er-xotin asta uzoqlasha boshlaydilar.

    Soat 4 saharda uyg‘onib, qaynona xizmatini qilib, osh-ovqat, bola-chaqa bilan ovora bo‘lib oxirgi o‘ringa erga bo‘lgan munosabatni qo‘yishda ayol nimaga erishadi? Undan keyin ayol avallo kelin emas, u avallo xotin. Kelin sifatida qaynona-qaynotani xizmatini qilishi, ularni hurmat qilishi bu uning majburiyati, lekin hech kimga cho‘ri bo‘lishi shart emas.

    O‘zbek ayolining boshqa iloji yo‘q, deyish mumkin, lekin oilani saqlash bu avallo ayolning vazifasi emasmi? Keyin kech bo‘lganida qaynonam deb shunday bo‘ldi, deyish to‘g‘rimikin? Balki mas’uliyat ayolning o‘zida? Turmush bu tinimsiz mehnat, harakat. Mana shunday harakat - er-xotin munosabatlarini takomillashtirish ayolning hayotida farzandlaridan so‘ng eng muhim o‘rinda bo‘lishi darkor. Qolgan ishlar esa, ayolni baxtli qila olmaydi.

    Manba: uzbaby.uz

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ayolning qaysi jihati erkakni rom eta oladi?