Boy bo‘lishni xohlaysizmi? Unda fikrlashingizni o‘rgartiring

  • 16 dekabr 2019, 09:53
  • 2 333
  • Hayot tarzi
  • Boy bo‘lishni xohlaysizmi? Unda fikrlashingizni o‘rgartiring
    Nega juda kamchilik insonlar millioner bo‘lishadi? Javob oddiy: Boy bo‘lish uchun boy odamlardek fikrlash kerak. Bu nimalardan iborat?

    Boy inson o‘zining moliyaviy chiqimlarini rejalashtirishi bilan birga faqat ertangi kunni o‘ylab yashaydi hamda yil oxirigacha o‘zi uchun katta maqsadlar qo‘yib oladi. Yuqoridagi fikrni quyidagi misol yordamida ko‘rsatish mumkin. Bir kunda ham boy odamlar, ham kambag‘al odamlar ishtirok etgan tadqiqot o‘tkazildi.

    Tadqiqotning asosiy savoli bu - "Sizga hech qanday foyda ko‘rish imkoniyatisiz (ijaraga berish yoki sotish) mashina sovg‘a qilishganida qanday mashinani tanlagan bo‘lardingiz?" Bilasizmi boy odamlar nimani tanlashdi? Ular juda arzon va kamchiqim mashinalarni afzal ko‘rishdi.

    Nega? O‘zlarining moliyaviy holatlaridan kelib chiqib ular agar qimmat mashina tanlashsa uning sug‘urta puli, yoqilg‘i sarfi hamda ta’mirlanishi kabi muammolarini hal qilishga yaxshigina mablag‘ ketishini hisoblashdi. Hech qanday foyda kelmaydigan buyum uchun bu kerak emas. Ular tanlagan kamchiqim avtomabillarga egalik qilish, aytaylik Bentli yoki Ferrariga egalik qilishdan ancha arzon tushadi. Gap shundaki bunday odamlar har doim tanganing boshqa tomonini ham o‘ylashadi va o‘zlarining pullari bo‘yicha barcha ma’suliyatni bo‘yinlariga olishadi.

    Kambag‘al insonlarning fikrlashi esa buning aksidir. Bu insonlar esa o‘ylab ham o‘tirmasdan eng qimmat mashinalarni aytib tashlashdi. Qimmat "toychoqlar"ning chiqimi ham juda qimmat bo‘ladi. Bunday insonlar ertangi kun bilan emas faqat bugungi kuni uchun yashaydiganlardir. Agarda ortiqcha biror yerdan kirim bo‘lib qolsa darrovgina eng zamonaviy urfdagi kiyimlarni sotib olishadi xuddi millioner bo‘lib qolishgandek. Lekin bu faqatgina tashqi bezakdir. Agarda fikrlashingiz boy bo‘lmasa, o‘zingizni qanchalik bezamang baribir boy bo‘lib qolmaysiz.

    Yan bir misol orqali bu ikki turdagi odamlarning farqini ochib berishimiz mumkin. Lotareyada yutib chiqqan odam uni qayta katta daromad keltiradigan sohalarga tikish o‘rniga foydasiz kiyim-kechaklarga sarflashadi. Bunday omadni qo‘lga kiritgan ko‘pchilik insonlar ishlarini ham tashlab dam olishga chiqib ketishadi. Yutuqli pullari tugagandan keyin esa yana o‘sha zerikarli va kamdaromad ishlariga qaytishadi. Katta pul bilan muomala qilishni bilmaydigan insonlar boy insonlardek fikr yurita olmaydilar. Ularga hattoki qandaydir biznesni yo‘lga qo‘yib bersangiz uni ham kasodga uchratishadi.

    Manba: tiyin.uz

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Boy bo‘lishni xohlaysizmi? Unda fikrlashingizni o‘rgartiring