07:07 / 18.12.2019
3 339

«Xitoycha badantarbiya» — siyosat va sport

«Xitoycha badantarbiya» — siyosat va sport
Foto: «Shanghai.ist»
Xitoyda 2016 yilda milliy «Salomatlik» loyihasi ishga tushirilgandi, deb yozmoqda «Shanghai.ist». Maqsad oddiy va olijanob — 2020 yilgacha 435 million kishini har kuni badantarbiya bilan shug‘ullanishga odatlantirish edi!

Aytildi — bajarildi!

Dastur xitoychasiga juda tez ildamlab ketdi. Rasmiy ma’lumotlarda aytiladiki, bu yilning o‘zidayoq sport bilan shug‘ullanayotganlar soni 400 million kishiga yetibdi. Yana 35 million kishiniyam ko‘ndirishsa...

Shu joyga kelganda hukumat vakillarining ko‘ngliga shubha oraladi:

«Nimagadir judayam silliq ketyaptimi?», — deyishdi XXR jismoniy tarbiya va sport davlat bosh boshqarmasidagilar. — «Undan chiqdi, har uchinchi odam sportzalga qatnayapti ekanda, ammo qani ular?! Unda nega «ortiqcha vazn» tashxisi bo‘yicha faqat AQSHdan ortda qolyapmiz?!».

Tekshirib ko‘rishsa, xitoylik 400 million «sportchi»dan kamida 100 millioni o‘zini sport bilan shug‘ullanayotgandek ko‘rsatayotgan ekan: sotib olingan trenajyorlar va sport zallariga abonementlar xo‘jako‘rsinga!

Xuddiki partiya fuqarolarning salomatligi haqida qayg‘urayotgandek, odamlar esa sport bilan shug‘ullanayotgandek...

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Xitoycha badantarbiya» — siyosat va sport