10:53 / 21.12.2019
4 406

“Ajnabiy qo‘shnim qachon uxlashimni so‘radi...”

“Ajnabiy qo‘shnim qachon uxlashimni so‘radi...”
Yusuf Vahbiy aytadi:
"O‘tgan yili mehnat ta’tilini Yevropada o‘tkazdim. Londonni ziyorat qildim. Yashash uchun bir mehmonxonaga joylashdim. Jomadonlarimni qo‘yib ulgurmasimdan yuqori qavatda joylashgan kishi mening oldimga tushib uxlaydigan va uyg‘onadigan vaqtim haqida so‘radi. To‘satdan berilgan savoldan hayron bo‘ldim. Sababini bilgach, angladimki, inglizlarning ijtimoiy hayotdagi muvaffaqiyati ularning o‘zlariga nima foyda-yu nima zarar, shuni aniqlab olishlarida ekan.

Qo‘shnimning kelib savol berishiga sabab, uning yosh bolalari borligi ekan. U bolalarining o‘yin vaqtini mening uxlaydigan vaqtimga xalaqit qilmaydigan qilib tartibga solar ekan.
Qachon hayotimizdagi bo‘shliqni ko‘rsam shu voqea ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘ladi.
Davlatning muvaffaqiyati shaxslar muvaffaqiyatiga bog‘liq ekan. Shaxslar muvaffaqiyati esa uning boshqalar huquqini ehtirom qilish darajasiga bog‘liq ekan!".
1951 yil.
Abdulqodir Polvonov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Ajnabiy qo‘shnim qachon uxlashimni so‘radi...”