06:30 / 13.01.2020
3 985

Nima uchun qishda bananni ko‘proq iste’mol qilish kerak?

Nima uchun qishda bananni ko‘proq iste’mol qilish kerak?
Parhezshunoslar aynan sovuq fasllarda bananni oziqlanish ratsioniga tarkibidagi triptofan moddasi tufayli bot-bot qo‘shishni maslahat berishadi. Bu aminokislota kunlar qisqaradigan kuz va qish faslida bizga juda zarur bo‘lgan serotonin gormonining ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi.

Aynan serotonin yaxshi kayfiyat uchun javob beradi, shu sababli kuniga bir dona banan yegan kishi o‘zini yaxshi his qilishi va depressiv kayfiyatdan xalos bo‘lishi mumkin. Yaxshi kayfiyat ulashish bilan birgalikda bananlar ayolarga hayz davri og‘riqlarini yengishda, oshqozon ichak trakti organlarini yaxshilashda ko‘mak beradi. Pishib yetilgan bananlarni saraton profilaktikasi sifatida iste’mol qilish ham tavsiya etiladi.

Bananlar — kaliyning tabiiy manbai, shu sababli qondagi kislota-ishqor muvozanati, suv-tuz muvozanati, buyraklarning bir tekis ishlashini tartibga solish uchun ham uni yeyish foydali. Bananlar shuningdek qon bosimini ham bir me’yorda ushlab turadi va yurak qisqarishlarini tartibga soladi. Shu sababli bu meva yurak va qon tomirlar kasalliklariga profilaktika sifatida tavsiya etiladi. 120 g og‘irlikdagi banan 100-200 kaloriya quvvatga ega, shu sababli u ajoyib parhez nonushta bo‘la oladi.

Biroq past uglevodli parhez tutayotganlarga banan to‘g‘ri kelmaydi. Chunki uning tarkibida qand moddasi ko‘p va bir dona banan iste’mol qilish ham organizmning uglevodlarga bo‘lgan kunlik talabini 40 foizga qondiradi. Boshqa mevalar singari bananlar ham aks ta’sirga ega. Ular ichaklari sezgir insonlarga tavsiya etilmaydi, ba’zi insonlarda esa u qorin damlashi va allergiya chaqiradi. Varikoz kasalliklarida va trombozga moyillikda iste’mol qilinadigan bananlar miqdori vrach bilan maslahatlashilishi kerak, chunki u qonning yopishqoqligini oshirib yuborishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun qishda bananni ko‘proq iste’mol qilish kerak?