18:43 / 22.01.2020
3 286

Hayvon yog‘ini muntazam iste’mol qilgan insonlar tajovuzkor bo‘lishi aniqlandi

Hayvon yog‘ini muntazam iste’mol qilgan insonlar tajovuzkor bo‘lishi aniqlandi
Inson tanasida testosteronning ko‘payishi agressiya, vahshiylik, tajovuzkorlikni keltirib chiqaradi. Kaliforniya universiteti olimlarining bu boradagi tadqiqotlari natijasida hayvon yog‘ining ko‘p iste’moli aynan mazkur moddaning ko‘payishiga olib kelishi qayd etildi.

Agarda shokolad organizmda serotonin (baxtlilik hissi, shodlik hissini uyg‘otishga xizmat qiluvchi modda) ishlab chiqarishga ko‘maklashsa, hayvon yog‘lari esa aksincha testosteronni ko‘paytiradi.

Hayvon yog‘ida qovurilgan ovqatlarni, hayvon yog‘ini ko‘p va muntazam iste’moli oxir oqibat insonni o‘zini baxtsiz, horg‘in sezishga, atrofdagilarga nisbatan agressiv, tajovuzkor bo‘lishga olib keladi, deyishmoqda olimlar.

Demak, o‘simlik yog‘i va o‘simliklardan bo‘lgan ovqatlarning iste’moli, qovurilgan emas, dimlangan ovqatlarni ko‘proq yeyish ham insonni umrini uzaytiradi hamda hayoti davomida xushkayfiyatda va atrofdagilarga nisbatan mehribon bo‘lishga yordam beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayvon yog‘ini muntazam iste’mol qilgan insonlar tajovuzkor bo‘lishi aniqlandi