12:02 / 15.02.2020
5 884

Qon bosimini 15 daqiqada qanday tushirish mumkinligi ma’lum qilindi

Qon bosimini 15 daqiqada qanday tushirish mumkinligi ma’lum qilindi
Foto: Fotolia /Andrei Tsalko
Myunxendagi Texnika universitetining Profilaktika va sport tibbiyoti markazi direktori, Nemis yurak jamg‘armasi ilmiy-maslahatlashuv kengashi a’zosi kardiolog Martin Xolle qon bosimini dorilarsiz tushirishning usullari haqida so‘zlab berdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, qon bosimining me’yordan biroz oshishi ham tomir va yurak muammolariga olib keladi. “Yurak mushagi yuqori qon bosimi bilan muntazam kurashishga majbur bo‘ladi, shu sababli u tezroq quvvatsizlanadi”, deb aytgan shifokor.

Xolle qon bosimini oshiruvchi uchta asosiy sababni sanab o‘tgan: jismoniy yuklamalar yo‘qligi, noto‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha vazn.

Shu sababli har kuni ochiq havoda 15 daqiqa sayr qilish qon bosimini 5-8 mm simob ustuniga kamaytiradi. Shuningdek, ratsionni o‘zgartirish, misol uchun, kolbasa va non o‘rniga turli sabzavotlar iste’mol qilish ham yordam beradi. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish lozim – har bir tashlangan kilogramm yurak va tomirlarga zo‘riqishni kamaytiradi.

Ushbu uchta usul insultlar va yurak xurujlari rivojlanishi holatlarini 50 foizga kamaytira oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qon bosimini 15 daqiqada qanday tushirish mumkinligi ma’lum qilindi