Foto: «Zen.yandex.ru»
Virusli xastaliklar, jumladan, koronavirus bilan asosan immuniteti zaiflar kasallanadi. Chunki kuchsiz tana infeksiyaga qarshi kurasholmaydi. Agar immunitet mustahkam bo‘lsa, unga hech nima qo‘rqinchli emas. Sarimsoq tarkibida fitonsidlar bo‘lib, ular virusga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Bu mahsulot chindan ham koronavirus yuqishining oldini olishga yordam beradi. U tananing kurashuvchanligini oshiradi, deydi shifokorlar.
Otolaringologlar sarimsoqni me’yorda iste’mol qilish kerakligidan ogohlantiradi. Agar odam ikki bo‘lak sarimsoq yesa (ertalab va kechga bittadan), uning himoyasi yaxshilanadi. Bundan ortig‘i yaramaydi. Sarimsoq tarkibida kuchli birikmalar mavjud, ular oshqozon shilliq qavatini ta’sirlantirib, gastritga olib kelishi mumkin. Ba’zi odamlarga sarimsoq yeyish mutlaqo taqiqlanadi. Me’da kislotasi past, oshqozon yarasi, gastrit zo‘rayishidan qiynalayotgan odamlar shular jumlasidan.
Qaysi o‘simliklar immunitetni ko‘taradi?
Sarimsoq o‘rniga zanjabilni choy yoki salatga qo‘shib iste’mol qilsa bo‘ladi. Mutaxassislar fikricha, zanjabilda ham foydali birikmalar ko‘p, ular virusga qarshi samarali kurashadi. Ayrim hollarda sog‘ligi sarimsoq yeyishni ko‘tarmaydigan insonlarga ham zanjabil ildizi iste’moli mumkin.
Bundan tashqari, yalpiz va chakanda immunitetni mustahkamlaydi. Virusli infeksiyalar tarqalgan davrda odam o‘zini himoya qilishi uchun ko‘proq meva yeyishi va toza havoda sayr qilishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Italiya TIV rahbari: "Ukrainaga qo‘shinlarimizni yuborish Uchinchi Jahon urushiga sabab bo‘ladi"
Markaziy bank: 2024 yil oxirigacha inflyatsiya 8−9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanadi