23:23 / 24.02.2020
5 635

Jigar saratoniga olib keladigan kutilmagan sabab aniqlandi

Jigar saratoniga olib keladigan kutilmagan sabab aniqlandi
Yomon og‘iz gigiyenasi nafaqat tish va milklarni zararlaydi, balki jigar saratoni xavfini ham oshiradi.
Ilgari tishning kasallanishi yurak xastaliklari, insult va diabet kelib chiqishi xavfi bilan bog‘liq ekanligini isbotlashgan edi. Ammo oshqozon-ichak traktining saraton kasalligining ayrim turlari bilan bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar hozirgacha noma’lum edi.

Jigar inson tanasidan zararli bakteriyalarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Shu bois zararli moddalar qonga to‘planib, jigarda jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin ekan.
Bu haqda United European Gastroenterology Journalʼida chop etilgan tadqiqot xulosalari bag‘ishlangan maqolada keltirilgan.

Mutaxassislarning ta’kidicha, jigar saratoniga asosiy sababchi og‘izda yashaydigan “Fusobacterium nucleatum” bakteriyasi bo‘lishi mumkin. Ammo kasallikning rivojlanishida uning roli qandayligi hali o‘rganilmagan. Tadqiqot davom ettirilib, bunga aniqlik kiritish rejalashtirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jigar saratoniga olib keladigan kutilmagan sabab aniqlandi