O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2900 so‘mdan oshdi

  • 03 may 2016, 10:06
  • 4 698
  • Iqtisodiyot
  • O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2900 so‘mdan oshdi

    O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 3 apreldan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi, deb yozmoqda "Kun.uz" nashri.

    Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2904 so‘m 68 tiyin etib belgilandi. Bu 26 apreldagi kursga nisbatan 5 so‘m 42 tiyinga ko‘p.

    3 maydan e’tiboran 1 evro qiymati 3310 so‘m 18 tiyin (26 apreldagi kursga nisbatan 12 so‘m 30 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 448 so‘m 68 tiyin (26 apreldagi kursga nisbatan 3 so‘m qimmat), 1 Rossiya rubli esa 45 so‘m 15 tiyin (26 apreldagi kursga nisbatan 1 so‘m 37 tiyin qimmat) etib belgilangan.

    Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2900 so‘mdan oshdi