Rossiyalik milliarder Usmonovning 110-metrlik “Ona” deb nomlangan yaxtasi sotilayotgani xususida brokerlik kompaniyalari saytlarida e’lon qo‘yilgan. Avvalroq, milliarder yangi, yanada uzunroq yaxtani olgani xabar qilingan edi.
Endilikda, bir nechta yirik brokerlik kompaniyalari 110-metrli Ona yaxtasiga xaridor qidirmoqda, deya yozmoqda "Kun" nashri.
Ona yaxtasida 20 nafar mehmon va 47 nafar ekipaj a’zosi joylasha oladi. Uning tezligi soatiga 21 uzelni tashkil etadi. Yaxta bortida basseyn va vertolyot uchun qo‘nish maydonchasi ham bor. Hozircha, 2008 yili qurilgan yaxtaning narxi e’lon qilinganicha yo‘q. 2013 yili Forbes jurnali yaxta bozoridagi manbasiga tayangan holda bu kabi kema 200 mln evro atrofida turishi haqida yozgan edi.
Usmonov 156 metrlik Dilbar nomli yaxtasini xarid qilganidan so‘ng, Ona kemasini sotuvga qo‘ygan, deb qayd etmoqda Yacht Harbour. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi