7 833
Jahon raqobatbardoshlik reytingi: Shveysariya hamon birda, Buyuk Britaniya esa ancha yuqoriladi
Davos Butunjahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan 2016-2017 yilgi Global raqobatbardoshlik hisoboti e’lon qilindi. O‘tgan safargidek, bu yilgi reytingda ham birinchi o‘rin Shveysariyaga taqdim etilgan. Ikkinchida Singapur, so‘ngra AQSh joylashtirilgan. Kuchli o‘nlikka shuningdek, Niderlandiya, Germaniya, Shvesiya, Yaponiya, Hongkong va Finlyandiya kiritilgan, deyiladi "Kun" nashri xabarida.
EI tarkibidan chiqishni ma’qullagan Buyuk Britaniya o‘tgan safargi o‘ninchi o‘rindan ettinchi o‘ringa ko‘tarilgan. Biroq, BIF tahlilchilari Birlashgan Qirollik imkoniyatlarini baholashda Brexit natijalarini e’tiborga olishmagan. Bu holda, London sezilarli darajada tushib ketishi mumkin.
Rossiya "Global raqobatbardoshlik ko‘rsatkichi"ga muvofiq, o‘z holatini ikki o‘ringa o‘zgartirishga erishgan. U 45 o‘rindan 43 o‘ringa ko‘tarilgan.
Qozog‘iston bu yilgi reytingda 53-o‘ringa munosib ko‘rilib, o‘tgan natijasidan 11 o‘rin pastroqqa joylashtirilgan.
MDH mamlakatlari orasida Qozog‘iston, Ozarbayjon (37) va Rossiya (43)dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Gruziya 138 mamlakat orasida 59-o‘rinda bo‘lsa, Tojikiston 77-, Armaniston 79, Ukraina 85-o‘rinda. Moldova 100 va Qirg‘iziston 111-o‘ringa munosib ko‘rilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi