Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi 45 dan ziyod davlatdan 2000 ga yaqin vakilni jamlaydi.
12−13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, xabar qildi "gazeta.uz". Unda 45 dan ortiq mamlakatning 2000 ga yaqin vakili kelishi kutilmoqda. Asosiy tadbirlar «O‘zekspomarkaz"da bo‘lib o‘tadi.
Yarmarka doirasidagi konferensiyalar hamda muloqotlarda jahon paxta va to‘qimachilik bozorining etakchi vakillari tomonidan O‘zbekiston va dunyoda paxta tolasi ishlab chiqarish, savdo va investision hamkorlikni kengaytirish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilinishi va o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Mazkur xalqaro tadbirni tashkil etishda O‘zbekiston bilan Xalqaro paxta assosiasiyasi, Paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mita, Cotton Outlook xalqaro agentligi va Xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar federasiyasi singari xalqaro tashkilotlar doimiy hamkorlik qilib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi