Mehnat vazirligi, KOICA va Hyundai Engineering memorandum imzoladi

  • 06 oktyabr 2016, 17:50
  • 4 979
  • Iqtisodiyot
  • Mehnat vazirligi, KOICA va Hyundai Engineering memorandum imzoladi

    Mehnat vazirligi, KOICA va Hyundai Engineering kadrlar tayyorlash va ish bilan ta’minlash sohasida hamkorlik qiladi.

    5 oktyabr kuni O‘zbekiston Mehnat vazirligi, Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) Hyundai Engineering vakolatxonasi o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Hujjat O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi yaqin iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan, xabar qiladi "gazeta.uz".

    Memorandumni imzolashga bag‘ishlangan marosimda O‘zbekiston mehnat vaziri Aziz Abduhakimov, KOICA prezidenti Kim In Shik, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Song Dong Jun hamda KOICA`ning mamlakatdagi idorasi direktori Im Jong Xi ishtirok etdi.

    Memorandumga muvofiq tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlik qiladi:

    O‘zbekistondagi kasb ta’limi markazlarini tamomlagan shaxslarni ish bilan ta’minlash;
    O‘zbekistonda amalga oshiriladigan ijtimoiy faoliyatga hissa qo‘shish;
    kasb ta’limi markazlari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va insoniy va moddiy resurslarni jalb qilish;
    kasbga tayyorlash bilan bog‘liq axboriy va insoniy resurslarni almashinish;
    o‘zaro hamkorlik uchun zarur hisoblangan boshqa masalalarni hal etish.
    O‘zbekistondagi KOICA kasbga tayyorlash markazlari bitiruvchilarining bir qismi Hyundai Engineering ishlab chiqarish muassasalarida mehnat amaliyotini o‘tashlari mumkin. Ushbu maskanlarda yuqori bahoga tamomlagan bitiruvchilar ish bilan ta’minlanishi mumkin.

    2012 yildan Toshkentda KOICA bilan hamkorlikda Kasb ta’limi markazi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida uni 2000 dan ziyod yosh kadrlar tamomladi. Joriy yildan shunday markaz Samarqandda ham ish boshladi. Kelgusida Urganch, Shahrisabz va Qo‘qonda kasb ta’limi markazlari ochilishi kutilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mehnat vazirligi, KOICA va Hyundai Engineering memorandum imzoladi