12:36 / 14.11.2016
7 731

Xitoy milliy valyutasi dollarga nisbatan yana qadrsizlandi

Xitoy milliy valyutasi dollarga nisbatan yana qadrsizlandi

Xitoy Xalq banki (Markaziy banki) mamlakat milliy valyutasi – yuanning dollarga nisbatan kursini 0,26 foizga pasaytirdi.

14 noyabrdan e’tiboran bir xitoy yuanining o‘rtacha almashuv kursi 6,8295 punktda qayd etilgan, bu o‘tgan juma kungi raqamdan 180 punktga balanddir. Shu bilan yuan kursi 2010 yil iyunidan beri eng quyi ko‘rsatkichga tushgan. O‘shanda, Xitoy milliy valyutasi kursi bir AQSh dollariga 6,82 yuanni tashkil etgan edi.

Ta’kidlash kerakki, Xitoy valyutasi ancha uzoq vaqt barqaror bo‘lib turdi. 2005 yil yozida o‘z kursini mustahkamlashni boshlaguncha, bir dollarga 8,3 yuan berilardi. 2008 yil kuzidan bir yil mobaynida 6,8 yuan darajasida, 2009 yil sentyabridan boshlab o‘sa boshladi. Yuan kursining eng cho‘qqisi 2014 yilga to‘g‘ri kelgan, bu vaqtda bir dollar deyarli 6 yuanga teng bo‘lgan edi.

2015 yil avgustida XXR Markaziy banki yuan kursini kutilmaganda 3 foizga tushirdi. 6,20dan 6,40ga tushirilishi jahon fond bozorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy milliy valyutasi dollarga nisbatan yana qadrsizlandi