14:58 / 22.11.2016
9 049

O‘zbekistonda yana 4 ta erkin iqtisodiy zona tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonda yana 4 ta erkin iqtisodiy zona tashkil etilishi mumkin

Samarqand viloyatining Urgut tumani, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri va Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida "Urgut", "G‘ijduvon", "Qo‘qon", "Hazorasp" nomli erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining ushbu qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun qo‘yildi, deb yozmoqda Uz24.uz sayti.

Yangi erkin iqtisodiy zonalarning barpo eritilishi O‘zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarishga keng investisiya jalb etish imkonini beradi. 4 ta viloyatning mineral xom-ashyo resurslari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishga keng yo‘l ochiladi.

Erkin iqtisodiy hududlarning faoliyat qilish muddati 30 yil qilib belgilanadi. Mazkur vaqt davomida bu zonada maxsus soliq va bojxona imtiyozlari amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistnda 3 ta - "Navoiy", "Jizzax" va "Angren" erkin iqtisodiy zonalari faoliyat olib bormoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda yana 4 ta erkin iqtisodiy zona tashkil etilishi mumkin