18:04 / 24.11.2016
7 017

O‘zbekiston energetika sohasi Jahon banki ko‘magida modernizasiya qilinadi

O‘zbekiston energetika sohasi  Jahon banki ko‘magida modernizasiya qilinadi

2016 yil 23 noyabrda Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston magistral elektr tarmoqlari nimstansiyalarini modernizasiya va rekonstruksiya qilish loyihasiga 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratish bo‘ycha qaror qabul qildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.

Loyiha muvofiq, Toshkent shahri hamda O‘zbekistonning 10 viloyatidagi 22ta nimstansiyani rekonstruksiya va modernizasiya qilish orqali energetika sektori samaradorligini oshirish, elektr energiyasidan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishdagi yo‘qotishlar hamda xarajatlarni kamaytirishga erishish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 110 kilovolt/o‘rtacha kuchlanishdagi ko‘chma nimstansiyalar va elektr uzatish tarmoqlarida yuz beruvchi favqulodda holatlarga zudlik bilan barham berish uchun zarur bo‘lgan tiklash tizimlarini xarid qilinadi. Shu bilan O‘zbekiston milliy energetika tizimidagi barqarorlikni ta’minlash kutilmoqda.

Elektr energiyasi iste’molidagi samaradorlikni oshirish va texnik yo‘qotishlar hajmini kamaytirish evaziga 6 milliondan ortiq oilaning yillik energiya iste’moliga teng miqdordagi is gazi chiqarilishi kamayadi.

Loyihani «O‘zbekenergo» AK amalga oshiradi. Uni Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki 92 mln dollar, Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi 58 mln dollar miqdoridagi mablag‘i evaziga moliyalashtiradi.

O‘zbekiston 1992 yildan Jahon banki a’zosi hisoblanadi. JBning O‘zbekistondga taqdim etgan kredit portfeli 2 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston energetika sohasi Jahon banki ko‘magida modernizasiya qilinadi