10:41 / 25.11.2016
6 156

«Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan $1,1 mln. dollarlik shartnomalar imzolandi

«Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan $1,1 mln. dollarlik shartnomalar imzolandi

Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan «Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida 98 mamlakatdan 60 mingdan ziyod qatnashchi qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mebel, qurilish mahsulotlari, hunarmandlik va qo‘l mehnati buyumlarini taqdim etdi. O‘zbekiston tadbirkorlarining mahsulotlari barchaning e’tiborini tortdi, deyiladi Darakchi nashrida.

Tadbirkorlarning chet mamlakatlarlarda o‘tkazilayotgan yirik xalqaro yarmarkalar, biznes-forum va kooperasion birjalarda ishtirok etishi, xaridorlar topishi va shartnomalar tuzishiga ko‘maklashmoqda.

Joriy yilning o‘tgan oylarida jamg‘armaning moliyaviy, tashkiliy va huquqiy ko‘magi orqali tadbirkorlarimiz o‘nga yaqin xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashdi. Xitoyda bo‘lib o‘tgan xalqaro yarmarka ana shulardan biri.

Milliy kolorit bilan bezatilgan O‘zbekiston paviloni o‘ziga xos dizayni va keng assortimenti bilan ko‘rgazma ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi. Tadbirkorlarimiz taklif etgan mahsulot va xizmatlarning yuqori sifati, raqobatbardoshligi xaridorlarga ma’qul bo‘ldi.

«Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasi mamlakatimiz tadbirkorlari uchun chet ellik ishbilarmonlar bilan yangi savdo-iqtisodiy hamkorlik o‘rnatish, mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, mahsulot va xizmatlar eksporti hajmini oshirishga yangi imkoniyatlar yaratdi. Yarmarka doirasida umumiy qiymati 1,1 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalari imzolandi. Qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ko‘plab kelishuvlarga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » «Western China International Fair 2016» xalqaro yarmarkasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan $1,1 mln. dollarlik shartnomalar imzolandi