AQShdagi ishsizlik darajasi noyabr oyida o‘tgan oyga nisbatan 0,3 punktga pasaygan va 4,6 foizni tashkil etdi, deyiladi AQSh Mehnat vazirligi hisobotida. Bu so‘nggi to‘qqiz yil ichidagi eng quyi ko‘rsatkich bo‘ldi, deb yozmoqda manbaga asoslangan holda Kun.uz sayti.
Oylik statistika ma’lumotiga ko‘ra, jami ishsizlar soni 7,4 mln kishini tashkil etgan. Aholining erkak qatlami orasidagi ishsizlik 4,3 foizgacha pasaygan, ayollar orasidagi ishsizlik deyarli o‘zgarmagan 4,2 foizligicha qolgan. O‘smirlar orasidagi ishsizlik darajasi 15,2 foizni tashkil etmoqda.
Bu xabar Reuters agentligi murojaat qilgan tahlilchilarning prognozlaridan yaxshiroq bo‘lib chiqdi.
Mamlakat aholisining ishchi kuchidagi hissasi 62,7 foizga qisqargan. Bu esa 1978 yildagi eng past ko‘rsatkichga yaqindir.
Mehnat bozorining barqaror o‘sayotganiga oid ma’lumotlar esa, Federal zaxira tizimining dekabr oyidagi majlisida qayta moliyalash stavkasini ko‘tarishga yuz foizlik imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi