Google milliardlab dollar soliq to‘lamagan

  • 22 dekabr 2016, 16:36
  • 3 784
  • Iqtisodiyot
  • Google milliardlab dollar soliq to‘lamagan

    2015 yilda Google kompaniyasi soliq xizmatlaridan 15,5 mlrd dollarni yashirishning uddasidan chiqqan, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti. Shu bilan kompaniya 3,6 mlrd dollar miqdorida soliq to‘lamagan. Kompaniyaning Irlandiyadagi bo‘limining dunyo bo‘ylab amaliyotlaridan ko‘radigan daromadi Google Netherlands Holdings orqali Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan, Google Ireland Holdings kompaniyasining Bermuda orollaridagi bo‘limiga o‘tkazilgan. Bu orollardagi kompaniyalar daromad solig‘i to‘lamaydi.

    Bunday tartib Amerika va Evropadagi soliqlarning sezilarli qismini to‘lamaslik imkonini beradi. Google kompaniyasining AQSh hududidan tashqaridagi soliqlari, yuqoridagi usuldan foydalanilganda 6 foizni tashkil etadi.

    «Gollandiya sendvichli Irlandiya ikkiligi» — deb nomlangan bu usul ikkita Irlandiya va bitta Gollandiya kompaniyasining faoliyatini muvofiqlashtirish vositasida soliq miqdorini sun’iy ravishda kamaytirish imkonini beradi. 2015 yilda Irlandiya hukumati qonunchilikdagi ushbu usulga imkon beruvchi kamchilikni tuzatgan, ammo, bu usuldan foydalanayotgan kompaniyalarga 2020 yilgacha ruxsat bergan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Google milliardlab dollar soliq to‘lamagan