19:30 / 17.04.2015
7 749

“Ipak yo‘li” banki Visa Platinum Paywave aloqasiz kartalarini chiqara boshladi

“Ipak yo‘li” banki Visa Platinum Paywave aloqasiz kartalarini chiqara boshladi

“Ipak yo‘li” banki aprel oyidan O‘zbekiston bozori uchun noyob hisoblangan innovasion mahsulot – Visa Platinum Paywave aloqasiz kartalarini chiqara boshladi, deb "Kun.uz" xabar bermoqda.

“Ipak yo‘li” banki operasion boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Azizov UzReport’ga ma’lum qilishicha, “bu bank kartalarining yangi avlodi bo‘lib, u mijozga xaridlarni aloqasiz, ya’ni kartani qo‘lidan qo‘ymay turib amalga oshirish imkoni beradi”.

Aziz Azizovning alohida takidlashicha, “O‘zbekistonda mazkur maxsulot xorijga chiquvchi mijozlar uchun faqat “Ipak yo‘li” banki tomonidan taqdim etilmoqda”.

PayWave – aloqasiz to‘lovlar innovasion texnologiyasi bo‘lib, xaridlar uchun bir zumda to‘lovni amalga oshirish mumkin. Buning uchun kartani kassa yoki terminaldagi aloqasiz o‘qiydigan qurilmaga yaqinlashtirishning o‘zi kifoya va xarid to‘lab beriladi. Mazkur texnologiya Visa PayWave logotipi keltirilgan erlarda ishlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “Ipak yo‘li” banki Visa Platinum Paywave aloqasiz kartalarini chiqara boshladi