15:59 / 03.01.2017
6 482

Finlyandiyada ishsizlarga 560 evro to‘lanadigan tajriba boshlandi

Finlyandiyada ishsizlarga 560 evro to‘lanadigan tajriba boshlandi

Finlyandiya shartsiz tayanch daromadi tizimini amalga tatbiq etgan dunyodagi ilk mamlakatga aylandi.

Unda ishtirok etish uchun 2 ming kishi tanlab olindi. Ular 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab ikki yil davomida har oyda ishsizlik bo‘yicha nafaqa o‘rniga 560 evro miqdoridagi davlatdan shartsiz baza to‘lovlarini qabul qilib olishadi. Bu haqda Finlyandiyaning Kela ijtimoiy sug‘urtalar boshqarmasiga tayangan holda Kun.uz xabar bermoqda.

Tajribadan asosiy maqsad – 560 evro miqdoridagi kafolatlangan mablag‘ ishga joylashishda qanchalik yordam berishini aniqlashdan iborat. Biroq ishsizlik bo‘yicha nafaqada finlyandiyalik fuqarolar barcha to‘lovlar mahrum bo‘lishadi – bu esa ishsizlar bunday huquqdan mahrum bo‘lmaslik uchun vaqtinchalik ishga joylashish borasidagi takliflarni qabul qilmasligiga olib keladi.

Ta’kidlanishicha, tajriba doirasida tayanch daromadini to‘lash bolalarga qarash bo‘yicha nafaqani olgan qatnashchilarga nisbatan to‘xtatilishi mumkin.

Finlyandiyada ayni damda ishsizlik 8,1 foizni tashkil etadi – 213 ming finlar mehnat qilishmaydi. Bu raqam 2015 yil bilan taqqoslaganda o‘zgarishsiz qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Finlyandiyada ishsizlarga 560 evro to‘lanadigan tajriba boshlandi