22:14 / 12.01.2017
6 306

Unilever rahbari jahon iqtisodiyoti modelini o‘zgartirishni taklif qildi

Unilever rahbari jahon iqtisodiyoti modelini o‘zgartirishni taklif qildi

Hozirgi jahon moliyaviy tizimi haqiqiy vaziyatga mos kelmaydi, shu sababli yangi iqtisodiy modelni yaratish kerak. Bu haqda Unilever ingliz-golland kompaniyasi bosh direktori Pol Polman aytdi. Uning aytishicha, bosh muammolardan biri – umumiy qadriyatlarning yo‘qligidir.

Polmanning aytishicha, ko‘p davlatlar iqlim o‘zgarishi, texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi, an’anaviy ish o‘rinlarining qisqarishi, migrasiya muammolari va geosiyosiy taranglik kabi zamonaviy chaqiriqlarga mutlaq tayyor emaslar.

Uning aytishicha, jahon moliyaviy tizimining hajmi 300 trln dollarni, ya’ni real iqtisodiyotdan 3 marta ko‘proqni tashkil qiladi. Bu muammo ham yirik, ham mayda davlatlarga taalluqlidir.

Polmanning ta’kidlashicha, davlatlarning bir o‘zi bugungi muammolarni hal qila olmaydi, shuning uchun davlatlar o‘rtasida yaqinroq hamkorlik va koordinasiya zarur, deb yozadi Kun.uz sayti.

Unilever oziq-ovqat va maishiy kimyo mahsulotlari jahon bozori etakchilaridan hisoblanadi. 2015 yilda kompaniyaning tushumi 53,3 mlrd evroni, sof daromadi esa 4,9 mlrd evroni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Unilever rahbari jahon iqtisodiyoti modelini o‘zgartirishni taklif qildi