15:52 / 27.01.2017
7 093

Google’ga egalik qiluvchi xolding 2016 yilda qancha sof foyda olgani ma’lum bo‘ldi

Google’ga egalik qiluvchi xolding 2016 yilda qancha sof foyda olgani ma’lum bo‘ldi

Google kompaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet’ning 2016 yil yakunlariga ko‘ra sof foydasi 19 foizga ortib – 19,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Daromad esa 20,4 foizga ko‘payib, 90,3 milliard dollarga teng bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

IV chorakda Alphabet’ning sof foydasi 8,3 foizga o‘sib, 5,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, daromad hajmi – 22 foizga ko‘paydi, 26 milliard dollar.

Alphabet moliya direktori Rut Poratning ma’lum qilishicha, IV chorakdagi o‘sish kutilmaganda ro‘y bergan.

«Bu o‘sish daromadning yillik nisbatida 22 foizdan valyuta kurslarining doimiy ko‘rsatkichi fonida 24 foizga ortdi. Bu mobil qidiruv va YouTube yordamida yuz berdi».

Kompaniyada 2016 yilning IV choragi yakunlariga ko‘ra 72 ming 53 nafar ishchi mehnat qilgan. O‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 61 ming 814 insonni tashkil etgandi – o‘sish 16,5 foizga teng bo‘ldi.

Hisobot e’lon qilingach, Alphabet aksiyalari savdolar yopilganidan so‘ng deyarli 2 foizga pastladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Google’ga egalik qiluvchi xolding 2016 yilda qancha sof foyda olgani ma’lum bo‘ldi