22:22 / 27.01.2017
6 470

Alibaba 880 mln dollarga MoneyGram pul o‘tkazmalari servisini sotib oldi

Alibaba 880 mln dollarga MoneyGram pul o‘tkazmalari servisini sotib oldi

Alibaba Group’ning moliyaviy bo‘linmasi hisoblangan Xitoyning Ant Financial kompaniyasi AQShning pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullanadigan MoneyGram servisini 880 million dollar evaziga xarid qilish haqida kelishib oldi. Bu haqda «Vedomosti»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Xitoy kompaniyasi MoneyGram’ning har bir aksiyasi uchun 13,25 dollardan to‘laydi. Kelishuvdan so‘ng servis o‘z brendi ostida ishlashni davom ettiradi va Dallasdagi shtab-kvartirasida qoladi.

Kelishuv MoneyGram aksiyadorlari va nazorat qiluvchi organlar tomonidan ma’qullanganidan so‘ng, 2017 yil ikkinchi yarmida yakunlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Alibaba 880 mln dollarga MoneyGram pul o‘tkazmalari servisini sotib oldi