12:35 / 29.01.2017
6 087

O‘zbekistonda ichki turizmga doir qaror qabul qilinadi

O‘zbekistonda ichki turizmga doir qaror qabul qilinadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifi davomida mamlakatimizni kelgusida barqaror rivojlantirishda turizm sohasi muhim o‘rinni egallashi, ushbu turmoqning taraqqiy topishiga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi. Ayni shu maqsadda Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tashkil etilganligi qayd qilindi.

Shu o‘rinda muhim masala - Xivaning ichki turizmiga urg‘u berildi. "Ichki turizm bo‘yicha qaror qabul qilish kerak. Masalan, hamma erga poezd yuradi. Andijongacha poezd boradi va bu erga keladi, avval yo‘q edi, hozir bor. O‘zimizning O‘zbekiston tarixini o‘rganish bo‘yicha Xiva va Urganchni ziyorat qilib, o‘rgatish kerak.

Ertangi kunimizga o‘zimiz zamin yaratmasak, bizga hech kim buni qilib bermaydi. "Sendan harakat, mendan barokat" deyishadi. Qanday bo‘lmasin, o‘qish, o‘rganish va izlanish kerak", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda ichki turizmga doir qaror qabul qilinadi