2017 yilning oxiriga qadar Rossiyada yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi

  • 02 fevral 2017, 09:47
  • 4 743
  • Iqtisodiyot
  • 2017 yilning oxiriga qadar Rossiyada yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi

    Rossiya Markaziy banki – Rossiya banki – joriy yilning oxirida muomalaga chiqariladigan yangi pullar dizaynini aniqlab oldi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmatiga asoslanib Sof.uz xabar qilmoqda. Yangi kupyuralar 200 va 2000 nominalga ega bo‘ladi.

    Yangi qog‘oz pullarda tasvirlanadigan shaharlar 2016 yilda teleefir orqali o‘tkazilgan ovoz berish orqali aniqlangan edi. Uning natijasiga ko‘ra, yangi 200 rubllik qog‘oz pulda Qrim yarim orolidagi Sevastopol shahri, 2000 rubllik banknotaga esa Vladivostok ko‘prigi va "Sharqiy" kosmodromi manzaralari tasvirlangan.

    Markaziy bank raisi Elvira Nabiullinaning fikricha, yangi pullar fuqarolarning mahsulotlar va xizmatlar uchun haq to‘lashini yengillashtiradi.

    Rossiya banki, so‘nggi marotaba, 2009 yilda yangi nominaldagi pullarni chiqargan edi. O‘shanda 10 rubllik tangalar muomalaga kiritilgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 2017 yilning oxiriga qadar Rossiyada yangi kupyuralar muomalaga chiqariladi