Rossiya O‘zbekistonga shakar va yog‘ mahsulotlari eksportini bir necha barobarga oshirishga tayyor

  • 03 fevral 2017, 15:50
  • 4 964
  • Iqtisodiyot
  • Rossiya O‘zbekistonga shakar va yog‘ mahsulotlari eksportini bir necha barobarga oshirishga tayyor

    2 fevral kuni Rossiya Federasiyasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiev bilan ishchi uchrashuvni o‘tkazdi. Bu haqda "Sputnik" nashriga asoslanib Kun.uz yozmoqda.

    Tomonlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini ikki tomonlama rivojlantirish masalalarini muhokama qilganlar.

    Xabarda aytilishicha, Aleksandr Tkachev Rossiya O‘zbekistonga don, baliq va baliq mahsulotlari, urug‘lik kartoshka, shuningdek qandolatchilik mahsulotlari etkazilishi hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qilgan.

    "Rossiyalik qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonga shakar va yog‘ mahsulotlari eksportini bir necha barobarga oshirishga tayyor", — deb ma’lum qilgan Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri.

    Uchrashuv yakunida tomonlar Rossiyaga olib kiriladigan o‘zbek meva-sabzavotlari fitosanitariya normalariga rioya etishi to‘g‘risida protokolni imzolagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiya O‘zbekistonga shakar va yog‘ mahsulotlari eksportini bir necha barobarga oshirishga tayyor