16:39 / 07.02.2017
6 479

Xitoyning valyuta zahiralari 2011 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi

Xitoyning valyuta zahiralari 2011 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi

Xitoy valyuta zahiralari miqdori 12,3 milliard dollargacha kamayib, 2,998 trillion AQSh dollarini tashkil etdi. Xitoy xalq banki tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, bu ko‘rsatkich etti oydan beri tushib bormoqda hamda 2011 yilning fevralidan beri ilk bor 3 trilliondan kamga tushib ketgan, deb yozadi Kun nashri.

Yanvar oxirida oltin zahiralari pul nisbatida 3,39 milliard dollarga o‘sib, 71,29 milliard dollarni tashkil etdi.

Xitoy valyuta zahiralari so‘nggi o‘n yil davomida mahalliy mahsulotlarning eksporti tufayli tinmay oshib bordi. 2014 yildan boshlab zahiralar hajmi xorijda xitoy mahsulotlariga bo‘lgan talabning tushishi tufayli pasaya boshladi. Bunga, shuningdek, mamlakat iqtisodiyoti o‘sishining sekinlashishi va xalqaro moliya bozoridagi o‘zgarishlar sabab bo‘ldi.

2015 yilda Xitoy valyuta zahiralari 513 milliard dollarga tushib ketgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 320 milliard dollarni tashkil qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoyning valyuta zahiralari 2011 yildan beri eng past darajaga tushib ketdi