20:32 / 16.02.2017
8 134

Uzcard overdraft xizmati joriy qilmoqchi

Uzcard overdraft xizmati joriy qilmoqchi

UZCARD yaqinda overdraft xizmatiga ega bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.

“Yagona umumrespublika prosessing markazi plastik kartochkalarga “overdraft” xizmati kiritish ustida faol ishlamoqda. Overdraft xizmati kiritilganda, bank mijozga hisob raqamida bor mablag‘dan ko‘proq xarajat qilib, keyinroq uni qoplash imkonini beradi, — deyilgan xabarda.


Rivojlangan mamlakatlarda plastik kartochkalarning aksariyati allaqachon kredit kartochkalarga aylangan. Ba’zi hollarda bu juda qulay, masalan,

oylik tugab qolganda birovdan qarz so‘rab yurmaysizda, bankdan olasiz. O‘zbekiston Tijorat banklari ham bugungi kunda bu borada turli bank xizmatlari ishlab chiqib uni tadbiq qilishga harakat qilmoqda.

Bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida, shuningdek 2016 yilda O‘zbekistonda plastik kartochkalar oboroti 81%ga oshgani va kartochkalar yordamida amalga oshirilgan operasiyalar turi ham oshgani xabar berilgan.

O‘tgan yili O‘zbekistonda ayniqsa elektron kommersiya – ya’ni internet orqali tovar va xizmatlar sotib olish o‘sgani xabar qilingan. 2016 yilda elektron kommersiya oboroti 2015 yilga qaraganda 90 % ga oshdi. Aholi 155,3 mln. elektron operasiyalar amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Uzcard overdraft xizmati joriy qilmoqchi