23:23 / 17.02.2017
7 170

Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi tashkil etildi

Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi tashkil etildi. Prezidentning bu haqdagi qarori 10 fevralda imzolandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasiga asoslanib Gazeta.uz xabar berdi. Banklar assosiasiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda qator yirik banklar va sug‘urta kompaniyalari aksionerlar qatoridan joy olgan.

Kafillik ta’minotining etishmasligi — kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan bank kreditlarini olishdagi asosiy to‘siq va kredit berishni rad etishning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi.

Mazkur muammoni hal etish bilan shug‘ullanuvchi jamg‘arma kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilayotgan kreditlar summasining kafolat bilan qoplanmagan, biroq 100 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan 50 foizgacha miqdori kafilligini o‘z zimmasiga oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasi tashkil etildi