19:19 / 17.05.2015
7 200

Eron sanksiyalar olib tashlanishi bilanoq Evropaga neft etkazib bermoqchi

Eron sanksiyalar olib tashlanishi bilanoq Evropaga neft etkazib bermoqchi

Eron Evropa mamlakatlariga rasmiy Tehronga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinishi bilan neft etkazib berishga tayyor. Bu haqda TASS'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Bu haqda Eron neft vazirligi vakili, Eron milliy neft kompaniyasining xalqaro masalalar bo‘yicha direktori Moxsen Kamsari ISNA agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Eron Evropaning neftga bo‘lgan ehtiyojining qariyb yarmini qondirishi mumkin. Shartnomalar spot (hisob-kitoblar shartnoma tuzilishi bilan qisqa muddat ichida amalga oshiriladi) kelishuvlari asosida tuzilib, Evropa mamlakatlari boshqa etkazib beruvchilar bilan tuzilgan yillik shartnomalarni yakuniga etkazmasdan turib ular uzoq muddatli yangi kelishuvlarni imzolay olmaydilar", — deydi Kamsari.

Ayni paytda Eron kuniga 1,1 million barrel neftni eksport qilmoqda.
Avvalroq, Eron neft vaziri Bijan Zangane neftning bir barrelini 70-75 dollardan baholanayotgani ma’lum qilingan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Eron sanksiyalar olib tashlanishi bilanoq Evropaga neft etkazib bermoqchi