21:26 / 24.02.2017
6 683

O‘zbekiston 2020 yilda «Evro-5» standartidagi yoqilg‘i ishlab chiqara boshlaydi

O‘zbekiston 2020 yilda «Evro-5» standartidagi yoqilg‘i ishlab chiqara boshlaydi

O‘zbekistonda 2020 yildan «Evro-5» standartidagi yoqilg‘i ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari vaqtida aytildi, deb yozmoqda Kun nashri.

«Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasi gaz-kimyo sanoati yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik echimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu loyiha MDH doirasidagi eng yirik mega-loyihalardan biridir.

Loyiha «O‘zbekneftegaz» kompaniyasi ta’sisligida amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida yiliga 3,6 milliard metr kub tabiiy gazni qayta ishlash orqali 1,5 million tonna yuqori sifatli «Evro-5» talablariga javob beradigan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqariladi. Shundan 743 ming tonnasi dizel yoqilg‘isi, 311 ming tonnasi aviakerosin, 431 ming tonnasi nafta va 21 ming tonnasi suyultirilgan gazni tashkil etadi.

Yangi zavod ishga tushirilishi natijasida iqtisodiyotning real tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning asosiy qismini qanoatlantirish va neft importi hajmini kamaytirish orqali xorijiy valyuta sarfini tejashga erishiladi.

Qurilish-montaj ishlari 2020 yilning ikkinchi yarmida nihoyasiga etkazilishi, zavodda qo‘shimcha 682 yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 2020 yilda «Evro-5» standartidagi yoqilg‘i ishlab chiqara boshlaydi