10:50 / 03.03.2017
6 707

O‘zbekistonga 2017 yilda 4,5 mlrd dollarlik xorijiy sarmoya kiritiladi

O‘zbekistonga 2017 yilda 4,5 mlrd dollarlik xorijiy sarmoya kiritiladi

O‘zbekiston 2017 yilda 199 loyiha bo‘yicha 4,505 milliard dollar hajmidagi xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtirgan.

Hukumat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobiga 79 loyiha bo‘yicha 1,854 milliard dollar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobiga 120 loyiha bo‘yicha 2,65 milliard dollar o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.

Xorijiy investisiyalarning katta qismi — 37 loyiha bo‘yicha 2,47 milliard dollar yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Xorij kompaniyalari neft-gaz sohasidagi 20 loyiha bo‘yicha 1,97 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kiritishi mo‘ljallangan.

Xususan, 2017 yilda "Lukoyl" umumiy qiymati 8 milliard dollardan ortiq bo‘lgan ikkita MTBni amalga oshirish uchun 1,217 milliard dollar kiritadi, Gas Project Development Central Asia (GPD, Gazprom International sho‘’basi) esa umumiy qiymati 1,3 milliard dollarga yaqin bo‘lgan ikki loyiha — Ustyurt va Surxondaryo viloyatida gaz konlarini ishga tushirishga kirishadi. 2017 yilga rejalashtirilgan investisiya hajmi 160 million dollarni tashkil etadi.

Xalqaro moliya institutlarining xorijiy kreditlari hisobiga energetika sohasida 17 loyiha bo‘yicha 506,7 million dollar o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd kompaniyalari umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga yaqin bo‘lgan ikki loyiha — Namangan viloyatida quvvati 900 MVt bo‘lgan To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi va Navoiy IESda quvvati 450 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasini o‘rnatishga kirishadi. Shuningdek, Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi Samarqand viloyatida quyosh elektrostansiyasi qurishni boshlaydi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2016 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investisiya va kreditlar o‘zlashtirilishi 11,3%ga o‘sgan va 3,7 milliard dollardan oshgan. Shu tarzda, 2017 yilda bu ko‘rsatkichning o‘sishi 21,6%ni tashkil etishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonga 2017 yilda 4,5 mlrd dollarlik xorijiy sarmoya kiritiladi