08:51 / 14.03.2017
7 170

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 13 martdan boshlab xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi, deb yozadi Kun nashri.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi bir hafta ichida deyarli 50 so‘mga, 3452,30 so‘mdan 3500,01 so‘mga ko‘tarildi.

Evroning qiymati qariyb 60 so‘mga oshib 3710,44 so‘mga va rubl 0,50 so‘mga arzonlashib 59,10 so‘mga etadi.

Markaziy bank buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun har haftada valyutalar kursini belgilaydi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarning rasmiy kursi yana oshdi