18:35 / 14.03.2017
7 143

Turklar O‘zbekistonda yangi zavod qurishadi

Turklar O‘zbekistonda yangi zavod qurishadi

Turkiyaning DAL Teknik Makina kompaniyasi O‘zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega metall konstruksiyalar zavodini qurishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Sputnik nashri.

"Angren" erkin iqtisodiy zonasida joylashadigan mazkur sanoat ob’ektini tashkil qilish bo‘yicha memorandum O‘zbekiston delegasiyasining Istanbulga tashrifi davomida imzolandi.

"Loyihaning boshlang‘ich qiymati 10 million dollar atrofida bo‘ladi. Turkiyalik investorlar zona hududini ko‘rib chiqishdi va Ohangaron sanoat blokidagi umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etuvchi joyni tanlashdi. Hozirda ma’muriy kengash ko‘rib chiqishi uchun zarur hujjatlar tayyorlanmoqda", — dedi "Angren" EIZ vakili.

Tomonlar loyihani shu yilning o‘zida yakuniga etkazishni rejalashtirgan. Ekspertlarning baholashlaricha, yangi zavodning qurilishi O‘zbekistonga sanoat ahamiyatiga ega tayyor metall konstruksiyalarni import qilishni sezilarli darajada kamaytiradi va 100ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. O‘tgan yili "Angren" EIZda 56,7 million dollar investisiya o‘zlashtirildi, bu 2015 yilga qaraganda 6,1 foizga ko‘pdir. Ushbu davr mobaynida 7 yangi zavod qurildi, 929 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Turklar O‘zbekistonda yangi zavod qurishadi