Rossiyadan O‘zbekistonga 2016 yilda qancha pul yuborilgani ma’lum qilindi

  • 21 mart 2017, 08:33
  • 5 869
  • Iqtisodiyot
  • Rossiyadan O‘zbekistonga 2016 yilda qancha pul yuborilgani ma’lum qilindi

    2016 yilda jismoniy shaxslar tomonidan Rossiyadan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori 2,741 mlrd dollarni tashkil qildi. Ushbu qiymat bu borada eng yuqori ko‘rsatkich qayd qilingan 2013 yilgidan deyarli 60 foiz kamroqni tashkil qilgan. Bunga Rossiya Markaziy banki saytida joylashtirilgan ma’lumotlar darak bermoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

    O‘zbekiston MDH davlatlari orasida pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha MDHda etakchi hisoblanadi va barcha kontragent davlatlar (o‘zaro tashqi savdo aylanmasi amalga oshiruvchi davlatlar) o‘rtasida Shveysariyadan keyin (5,1 mlrd dollar) 2-o‘rinni egallamoqda. Rossiya Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2016 yilning 1-choragida 378 mln dollar (MDHda 1-o‘rin), 2-chorakda – 696 mln dollar (1), 3-chorakda – 939 mln dollar (1) va 4-chorakda 728 mln dollar (1) jo‘natilgan.

    2016 yil natijalariga ko‘ra, bir pul o‘tkazmasining o‘rtacha qiymati 279 dollarni tashkil qilgan.

    2016 yilda MDH davlatlari o‘rtasida Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha 2-o‘rinni Tojikiston (1,9 mlrd dollar), 3-o‘rinni Qirg‘iziston (1,7 mlrd dollar) va 4-o‘rinni Ukraina (1 mlrd dollar) egallagan.

    Rossiyada 2013 yildan beri birinchi marta netto-migrasiya (davlatga kelayotgan va undan ketayotgan odamlar soni) osha boshladi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, migrasiya hajmi bo‘yicha 2014 yilda qayd qilingan eng yuqori ko‘rsatkichga nisbatan oxirgi 3 yil ichida Rossiyada asosiy mehnat migrasiyasi donor-davlatlari fuqarolari soni: O‘zbekistondan 30 foizga, Tojikistondan 13 foizga kamaygan. Shuningdek, 3 yil ichida Ozarboyjon va Moldovadan kelgan muhojirlar soni ham qisqargan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiyadan O‘zbekistonga 2016 yilda qancha pul yuborilgani ma’lum qilindi