13:57 / 22.03.2017
8 096

O‘zbekistonda tadbirkorlarni mikrokreditlash tizimi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarni mikrokreditlash tizimi soddalashtiriladi
2017 yil 17 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Tadbirkorlik sub’ektlari va aholining keng qatlamini mikrokreditlash tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarorini imzolagan edi. Qaror shaxsiy mehnat faoliyatiga turtki berish bilan aholi bandligini oshirish maqsadida imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Qarorga ko‘ra, yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit olish tartibini soddalashtirish ko‘zda tutilgan. Bunda ularga eng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida kredit taqdim etish mumkin bo‘ladi. Kredit badali sifatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni qo‘yishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari haqida»gi qonunning 11-moddasiga binoan, yangi ro‘yxatdan o‘tgan xususiy va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga mazkur organlarning kafolati bilan eng kam oylik ish haqining 60 baravari miqdorida kredit taqdim etish mumkin bo‘ladi.

Yangidan ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari sartaroshlik, sanitar-texnik xizmatlar, kalit yasash, optika, soat, maishiy texnikalarni ta’mirlash, payvandlash ishlari, dizayn bo‘yicha xizmatlar, paxta va jun tozalash va titish kabi ishlar uchun mikrokredit olganlar 2021 yil 1 yanvarigacha olti oy muddatga soliqdan ozod etiladi.

Agar tadbirkorlik faoliyati ro‘yxatga olinganidan 12 oy ichida tugatilsa yoki 3 oy va undan ko‘p muddatga to‘xtatilsa, belgilangan soliq o‘tgan davr uchun to‘liq to‘lanishi kerak bo‘ladi.

Qarorda aniqlik kiritilishicha, 47ta borish qiyin bo‘lgan tumanlarda imtiyozli kredit jamg‘armasining kreditlari tijorat banklari tomonidan yakka va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida beriladi.

Joylardagi davlat hokimiyat organlariga tijorat banklari kreditlari hisobiga olinayotgan qoramol, qo‘y, echki, quyon, qush, baliq, asalari uyalari, mevali daraxtlar, uzum ko‘chatlari, urug‘lar, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, maishiy texnikalar, asbob-uskunalar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni hech qanday cheklovlarsiz etkazib berish vazifasi yuklangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda tadbirkorlarni mikrokreditlash tizimi soddalashtiriladi