16:53 / 22.03.2017
7 090

Nike firmasining sof daromadi 20 foizga o‘sdi

Nike firmasining sof daromadi 20 foizga o‘sdi
2016 moliya yili 3-choragida sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasining sof daromadi 20 foizga o‘sib, 1,14 mlrd dollarga etdi. O‘tgan 9 oy mobaynida sof daromad 11 foizga ko‘tarilgan va 3,23 mlrd dollarni tashkil etgan. Har bir aksiya daromadi 68 sentdan iborat bo‘lgan. Tahlilchilar bu boradagi ko‘rsatkich 0,53 dollar bo‘lishini taxmin qilishgan edi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Sof daromadning o‘sishiga o‘rtacha soliq stavkasining 16,3 foizdan 13,8 foizga pasaytirilgani, savdo va ma’muriy tarqatish qiymatlarining 3 foizga — 2,5 mlrd dollargacha pasaygani ham ijobiy o‘rin tutgan. Bundan tashqari, valyuta kurslarining o‘ynashi oqibatida qo‘shimcha 88 mln dollar daromad ko‘rilgan.

III chorakdagi pul tushumi 5 foizga o‘sib, 8,4 mlrd dollarga etgan. Bu raqam moliya yili boshidan beri 6 foizga o‘sib, 25,67 mlrd dollarni tashkil etgan. Nike 3-chorakda 8,9 mln dona aksiyasini xarid qilgan. Buning uchun 475 mln dollar sarflagan. 2015 yil noyabrida direktorlar kengashi 12 mlrd dollarlik o‘z aksiyalarini xarid qilish bo‘yicha 4 yillik dasturni ma’qullagan edi. Hisobot e’lon qilinishi bilan Nike aksiyalari 3,71 foizga arzonlashib, bir donasi 55,86 dollarga tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Nike firmasining sof daromadi 20 foizga o‘sdi