Germaniyaning eng yirik davlat banklaridan biri Kreditanstalt für Wiederaufbau (KfW) fevral oyida qariyb 6 milliard dollarni to‘rtta bank hisob raqamlariga xato tufayli o‘tkazib berdi. Bu haqda Blumberg agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
"Biz bu xatoni tezlikda aniqladik hamda tuzatdik, mablag‘lar qaytarildi", - deyiladi bank bayonotida. Unda ta’kidlanishicha, hodisaga inson omili sababchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Agentlikning voqeadan xabardor manbasi ma’lumotiga ko‘ra, bu texnik xato tufayli ro‘y bergan, natijada bir martalik to‘lovlar xato tufayli bir necha bora o‘tkazib berilgan.
Ma’lumot uchun, KfW – Germaniya eng yirik davlat banklaridan biri bo‘lib, kattaligi jihatidan Deutsche Bank va Commerzbank’dan keyin turadi. Uning kuzatuv kengashiga Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyble rahbarlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?