15:50 / 29.03.2017
7 159

GM Uzbekistan va Allur Group Qozog‘istonda Ravon Nexia R3’ni yo‘lga qo‘ymoqda

GM Uzbekistan va Allur Group Qozog‘istonda Ravon Nexia R3’ni yo‘lga qo‘ymoqda
O‘zbekistonning yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi GM Uzbekistan AJ Qozog‘istonning milliy avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchi AllurGroup bilan birga qo‘shma loyihaning yakuniy bosqichini boshlashdi. Unga ko‘ra, Ravon Nexia R3 modeli yirik blokli yig‘ish (SKD) uslubida Qozog‘istonning Qustanay shahridagi «SariarkaAvtoProm» ishlab chiqarish maydonida yig‘iladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Loyiha doirasida GM Uzbekistan AJ va «SariarkaAvtoProm» ishlab chiqarish birlashmasi o‘rtasida kelishuv imzolangan.

Ilk bosqichda Qustanay shahrida yiliga 3 ming dona Ravon Nexia R3 sedanining SKD-yig‘ilishi yo‘lga qo‘yiladi. Keyinchalik, bu raqam 7 mingtaga etkazilishi mumkin.

Ravon Nexia R3 avtomashinalari AllurAuto va «O‘zAvto Aziya» kompaniyalarining dilerlik markazlari tomonidan sotiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » GM Uzbekistan va Allur Group Qozog‘istonda Ravon Nexia R3’ni yo‘lga qo‘ymoqda